Bulung‘ur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi ogohlantiradi!

          Hurmatli bulung‘urliklar! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-sentyabr kunidagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №522-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilayotganligi munosabati bilan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, is gazidan zaxarlanishni oldini olish, gaz havo aralashmasining chaqnashi hamda aholi o‘rtasida ommaviy ovqatdan zaxarlanish (botulizm) bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish maqsadida Bulung‘ur tuman Favqulodda Vaziyatlar Bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hududida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Ammo, fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizlik qoidalariga yetarli darajada ahamiyat berilmasligi natijasida ko‘plab yong‘inlar sodir bo‘lib, fuqarolar va jamiyatga katta miqdorda moddiy va ma’naviy zarar yetkazilmoqda.

           Yashash uyingizda ko’ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yong‘in xafsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz!

         Bu borada quyidagi ehtiyot choralarini amal qilishingiz lozim:

  • Ko‘p qavatli uylarni oshxonalarida o‘rnatilgan gaz kanforkalarini boshqa xonalarga ko‘chirmang, nosoz maishiy gaz balonlardan foydalanmang, qo‘lbola yasama gaz va elektr uskunalaridan foydalanmang.
  • Gaz isitish uskunalarini meyoridan ortiq qizdirib yoki yoqib qarovsiz qoldirmang.
  • Tabiiy gazni turli xildagi rezinali shlang yoki plastmassa  materiallaridan ishlab chiqarilgan quvurlari orqali o‘rnatib foydalanmang.
  • Elektr rozetkaga bir vaqtning o‘zida bir nechta (3-tadan ortik bo‘lmagan) ma’ishiy elektr uskunalarini ulamang.
  • Chet davlatlarda ishlab chiqarilgan turli xil kamen turidagi isitish pechlaridan foydalanmang.
  • Yashash uy va ish joylaringizda nosoz va sinov muddati o‘tgan mayishiy gaz balonlardan foydalanmang.
  • Yashash xonada, oshxonada va boshqa yordamchi xonalarda gaz hidini sezganda elektr chiroq, gugurt, sham va boshqalarni yoqishdan avval eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating.
  • Elektr tarmog‘iga ulungan televizor, elektr asboblari, yoqilgan gaz kalonkalari va plitalar bo‘lgan xonalarda yosh bolalarni qariyalarni, xasta odamlarni yolg‘iz qoldirmang.
  • Xonalarda vintilyatsiya kanallarini hamda gaz, o‘tin isitish pechlarining tutun chiqish mo‘rilarini qurumdan tozalang.

     

Ushbu xizmatlarni olib boruvchi tashkilot Favqulodda yong‘inni oldini olish MChJ ni tel raqami: (97) 249-48-47

Yong‘in sodir bo‘lganda qisqa 101 yoki (66) 442-25-20 raqamlariga qo’ng’iroq qilib, Bulung‘ur tuman yong‘in o‘chirish xizmatini chaqiring va yong‘inni o’zingizda mavjud vositalar bilan o‘chirishga kirishing.

Uy-joylarni qurilishda uylar oralig‘ida yong‘inga qarshi devorlarni nazarda tutilishi yoki yong‘inga qarshi oraliq masofalarni xarakatdagi normativ hujjatlar talablari asosida qurishni taklif etamiz.

Yukorida ko‘rsatilgan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etsangiz o‘zingizni, oilangizni, yaqinlaringizni, qo‘shnilaringizning xayotini, uy-joy va mol-mulklaringizni yong‘indan asragan bo‘lasiz.

 

Bulung‘ur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM