“Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlarining birinchi o‘n kunligi hisoboti tinglandi

Bulung‘ur tumani hududida o’tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ning birinchi o‘n kunligi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan tuman komissiyasini yig‘ilishi o‘tkazildi. Muhokamada tuman hokimining o‘rinbosari - komissiyasi raisi A.Buriboyev, Samarqand viloyati FVB TBM boshlig‘i mayor A.Ochilov, Bulung‘ur tumani FVB boshlig‘i kapitan D.Djabbarov, Bulung‘ur tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari mayor I.Salimov, yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish bo‘yicha tuman komissiyasi a’zolari, umumta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari masul xodimlari ishtirok etishdi.

Muhokama davomida «Yong‘in xavfsizligi oyligining» tadbirining birinchi o‘n kunligi davomida 23-, 52-, 65-, 15-umumta’lim maktablari, 8-, 7-, 1- va 2-DMTTlar, Ipak Yo‘li OSHP, Beshariq Changal OSHP, Alisher Navoiy OSHPlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma’lumot berilib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida boshqa hududlarda ham takrorlanishining oldini olish borasida tavsiyalar berildi.

 

Bundan tashqari, tadbir davomida tuman IIB mas’ullari tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda favqulodda holatlarda harakatlanish rejasi yuzasidan ma’lumot va tushunchalar berildi.

 

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM