Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yetmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Kengash raisi S.M.Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalar yuzasidan sud raislari, soha mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1) Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi N.Tursunova tomonidan 2022-yil 9 oy davomida qonun ustuvorligi hamda odil sudlovni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti.

2) Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudi raisi J.Fayzullayev tomonidan 2022-yil 9 oy davomida qonun ustuvorligi hamda odil sudlovni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti.

3) Jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tumani sudi raisi v.v.b A.Abdurazzakov tomonidan 2022-yil 3-chorak davomida odil sudlovni amalga oshirish borasida bajarilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti.

4) Bulung‘ur tumanida 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining noyabr oyidagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Xabibullayevning hisoboti.

5) “Temir daftar”ning yuritilishi va ushbu daftarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida.

6) Tumanda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida.

7) Tuman mahalliy budjetining 3-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

8) Tuman mahalliy budjet parametrlarining 2022-yil 9-oylik ijrosi to‘g‘risida tuman hokimligi Moliya bo‘limi mudiri J.Narziyev hisoboti.

9) Bulung‘ur tuman mahalliy budjetining 2022-yil iqtisod qilingan mablag‘larini chegirib olish va qayta yo‘naltirish to‘g‘risida.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglandi, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Seessiya ishi tuman hokimligining Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali onlayn efirga uzatildi: https://fb.watch/h0oi9dIJxa/

 

Sessiya tafsilotlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM