Bulung‘ur tumani IIB ogohlantiradi!!!

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6044-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son qarori qabul qilingan. Qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari”ga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan.

 

Bugungi kunda tumandagi mahallalarda ko‘p sonli fuqarolar ishtirokida o‘tkazilayotgan «Uloq-ko‘pkari» o‘yinlari belgilangan tartibda tumanda ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy, sport va boshqa tadbirlarni o‘tkazishiga ruxsat berish va nazorat qilish komissiyasiga murojaat qilinmasdan, viloyat Uloq-ko‘pkari federatsiyasiga xabar qilinmasdan, maxsus komissiyadan o‘rnatilgan tartibda ruxsat olinmasdan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan hududlarda o‘tkazilayotganligi sababli fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda jiddiy muammolar yuzaga kelishi, shuningdek, tartibbuzarliklar va noxush holatlar sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori

 

Tumanda «Uloq-Ko‘pkari» o‘yinlari o‘tkazish obyektlari va yondosh hududlarning aniq chegaralarini belgilash, maydonga kirish yo‘llari va transport vositalarining to‘xtash joylari, dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish punktlari, texnik asbob-uskunalar, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish uchun zarur bulgan maxsus vositalarning texnik holatini o‘rganib chiqish kabi talablarga rioya qilinishi, shuningdek, viloyat Uloq-ko‘pkari federatsiyasi, ommaviy tadbirlarni nazorat qilish bo‘yicha maxsus komissiya ruxsati bilan o‘tkazilishi shart.

Bundan buyon sunnat to‘ylarida va mavsumiy davra «Uloq-Ko‘pkari» o‘yinlari bo‘yicha to‘y sohibi, tadbir tashkilotchisi yoki mahalla raisi tuman IIB Jamoat havfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash guruhiga tadbir sanasi, vaqti va joyi, tadbir ishtirokchilari to‘g‘risida ma’lumotlarni aniq ko‘rsatilgan holda murojaat etishi, shundan so‘ng ommaviy tadbirlarni nazorat qilish bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan joyi o‘rganilib, dalolatnoma rasmiylashtirilishi, belgilangan hudud o‘rnatilgan talablarga javob bergan taqdirdagina ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy, sport va boshqa tadbirlarni o‘tkazishiga ruxsat berish va nazorat qilish komissiyasi ruxsati bilan tadbir o‘tkazilishi shart!

 

O‘zbekiston Respublikasining yuqorida ko‘rsatilgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari talablariga rioya qilinmagan taqdirda yoki tumanda ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy, sport va boshqa tadbirlarni o‘tkazishiga ruxsat berish va nazorat qilish komissiyasining tegishli ruxsatisiz o‘zboshimchalik bilan ommaviy tadbir o‘tkazilganligi aniqlangan holatlarda ommaviy tadbir tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda qat’iy ravishda intizomiy, ma’muriy hattoki jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

 

Ommaviy tadbir tashkilotchilari tadbir o‘tkazilishidan kamida 15 ish kuni oldin Bulung‘ur tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash guruhiga murojaat qilishlari shart!!!

 

Murojaat uchun telefonlar: 91-315-98-98; 95-707-76-46

 

Bulung’ur tumani IIB

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM