Bulung‘urda stol tennisidan "Mahalla kubogi" musobaqalarining tuman bosqichi bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish tog‘risida”gi PF-6099-son Farmoniga asosan sportning stol tennis turi bo'yicha "Mahalla kubogi" musobaqalarining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Bulung‘ur tuman bo‘linmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi, tuman hokimligi Madaniyat bo'limi, tuman Tibbiyot birlashmasi, tuman Xalq ta'limi bo'limi hamkorligida tashkil etilgan bellashuvlar yakuniga ko‘ra natijalar quyidagicha tus oldi:

Yigitlar o‘rtasida:
Qirqshodi mahallasidan Turobov Bunyod 1-o'rinni;
Navbahor mahallasidan Bosimov Behruz 2-o'rinni;
Erganakli mahallasidan Sayfullayev Og'abek 3-o'rinni,

Qizlar o‘rtasida:
O‘roqli mahallasidan Begimqulova Ruxsora 1-o'rinni;
Ulug‘bek mahallasidan Jumanova Kamila 2-o'rinni;
Yangiqo‘rg‘on mahallasidan Qurolova Zulayho 3-o'rinni qo‘lga kritidi.

Musobaqa g‘oliblari diplom hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, musobaqa davomida faol ishtirok etgan Abdusalomov Diyorbek, Baxtiyorov Boboyor, Ashurov Shahbozlar ham tashkilotchilarning estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM