Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiya Bulung‘ur tumanida bo‘ldi

Ayni kunlarda rasmiy tashrif bilan yurtimizda bo‘lib turgan Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiya bugun Bulung‘ur tumanida bo‘ldi.

 

1973-yilda qurilgan tumanlararo “Bot-Bot” kanali uzunligi 49,6 km.  bo‘lib, Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy va Payariq tumanlaridagi 9350 ga sug‘oriladigan maydonlarga suv yektazib berish uchun xizmat qiladi.

2011-2012 yillar davomida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan mazkur tumanlararo magistral kanalda umumiy qiymati 797,372 ming yevro bo‘lgan loyiha doirasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan.

Vazir boshchiligidagi delegatsiya loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi, hududda joylashgan xizmat uyida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, erishilgan natijalar bilan qiziqdi. Soha mutaxassislari bilan kelgusi hamkorlik masalalarida o‘zaro fikr almashinildi.

 

Ma’lumot uchun, 1-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Germaniya federal tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan, uchrashuv davomida “yashil” iqtisodiyot, muqobil energetika, innovatsiyalar, resursni tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni qo‘llash, ilg‘or ta’lim metodikalarini joriy qilish kabi ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekani ta’kidlanligi xabar qilingan edi.

2015-2023 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM