Bulung‘ur tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahriryatida o‘tgan navbatdagi matbuot anjumanida “Oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida” so‘z yuritildi. Tadbir davomida mavzu yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Dilshod Xabibullayev tomonidan ma’lumot berildi.

Tadbir davomida ma’lum qilinganidek, joriy yilda takroriy maydonlarga

- 3 315gektar kartoshka (63 710 tonna),

- 282gektar yer maydonga sabzavot (hosil 5 944 tonna),

- 1 158gektar yer maydonlarda dukkakli (hosil 2084 tonna)

- 750gektarga ozuqa (hosil 21 594 tonna) ekinlari ekilgan.

Bundan tashqari, PQ-20 bo‘yicha tumanda 3485ta lotlarda 606,2gektar yer maydonlari shakllantirildi. Shakllantirilgan lotlar auksion savdolari orqali 3478 nafar fuqarolar tomonidan 602,9 gektar yer maydolariga birinchi ekinlar ekildi. Jumladan; 200 gektar kartoshka, 174 gektar loviya, 24 gektar pomidor, 53 gektar bulg‘or qalampiri va 5 gektar karam hamda 146,9 gektar boshqa mahsulotlar ekildi.

Misol uchun: Tumanda joylashgan “Bulung‘ur–Sandvik” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi tomonidan aholiga ajratilgan yer maydonlarga eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish maqsadida kooperativ tashkil etildi.

Tashkil etilgan kooperativga “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida tumandagi 6 ta maxallada (Zarafshon, Qo‘ng‘irot, Oqtepa, Gulobod, Mingchinor va Gulzor mahallalarida)gi 349 nafar ishsiz fuqarolar tomonidan 53 gektar yer maydoniga bulg‘or qalampiri ekilishi ta’minlandi. Bunda koperativ tomonidan shartnoma asosida urug‘ ko‘chatlari yetkazildi. Yetishtirilgan mahsulotlarni “Bulung‘ur–Sandvik” MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi tomonidan sotib olinadi hamda qayta ishlagan holda eksportga yo‘naltirilishi yo‘lga qo‘yildi.

Misol tariqasida, 1 gektar yer maydonidan 40 tonna bulg‘or qalampiri hosili olinsa, korxona tomonidan 1 kg uchun 1200 so‘mdan to‘lanadi, 1 ta lot o‘rtacha 0,25 sotixni tashkil etib, 10 tonna hosil olib, 12 mln so‘m daromad olmoqda.

 

Tumanda “Oziq-ovqat xavfsizligi jamg‘armasi”ga 550 mln.so‘m mablag‘ ajratilgan. Shundan Boboyor Qayumov X/Fga kartoshka zaxirasi shakllantirish uchun 200 mln.so‘m, Bulung‘ur tayyorlov savdo U/Kga savdo yarmarkasi tashkil etish uchun 350 mln.so‘m ajratildi.

Bulung‘ur dehqon bozorida 25 turdan ortiq arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlar yarmarkasi doimiy faoliyat yuritmoqda.

Bundan tashqari, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 169 ta xonadonda 174 ta inkubator, 899 ta xonadonda 61 164 bosh honaki tovuq, 110 ta xonadonda 1599 quti asalari, 223 ta xonadonda 2717 bosh qo‘y-echki, 122 ta xonadonda 2013 bosh quyon, 2 ta xonadonda 13 bosh qoramol boqish yo‘lga qo‘yildi.

Kuz-bahor mavsumida Jami 2240 tonna asosiy turdagi mahsulotlar zahirasini jamg‘arish belgilangan:

- 1720 tonna kartoshka;

- 450 tonna piyoz;

- 70 tonna guruch.

 

Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM