Bulung‘urda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanmoqdami?

“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda “Mahalla tizimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini tashkil etish bu borada amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida so‘z yuritilib, mavzu yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Dilshod Xabibullayev tomonidan ma’lumot berildi.

Media-tadbir davomida ma’lum qilinganidek, Bulunug‘ur tumanida 2022-yil oktabr oyida 51 ta kichik biznes subyektlari va 113 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 224 nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.

Jumladan tmanning “Changal 1” MFY  hududida “Bunyodbek Servis Centr” xususiy korxonasi tashkil etilib, hozirgi kunda 3 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minladi. Yoki tumanning Sahovat” MFY  hududida “SAHOVAT NAVROZ” MChJ tomonidan 30 mln.  kredit mablag‘i va 80 mln. o‘z mablag‘lari hisobidan ochilgan bo‘lib, hozirgi kunda 4 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi. “Kildon” MFY  hududida “Kildon lazzatlari nonlari” OK faoliyati tashkil etilib, hozirgi kunda 7 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

Tadbir davomida hokim o’rinbosari tomonidan mavzuga doir ma’lumotlar berilib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berldi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM