“Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ogohlantiradi

2022-2023 yillar kuz-qish mavsumi boshlinganligi va tabiiy gazga extiyoj oshganligi sababli “Bulungurtumangaz gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan yana bir bora tabiiy va suyultirilgan gaz uskunalaridan tug‘ri va oqilona foydalanishingizni, gaz xujaligi xavafsizligi qoidalaiga texnika xavfsizligi qoidalariga xamda yongin xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya kilishlaringizni so‘rab kolamiz.

Shu jumladan isitish pechlaridan foydalanishda gaz plitalaridan foydalanishda ayrim fuqarolarimiz tomonidan keyingi kunlarda tabiiy gaz va suyultirilgan gazdan “Gaz xo‘jaligi xavfsizligi va Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmay foydalanishlari oqibatida fojiali holatlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.     

 

Bu kabi noxush hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagilarga qa’tiy amal qilishingizni so‘raymiz:

      - O‘zboshimchalik bilan xonani yoki suv isitish uchun (AGV, Kalonka) va shunga o‘xshash gaz uskunalarini o‘rnatmang, mavjud gaz uskunalarini o‘rnini o‘zgartirmang;

        - Gaz anjomlari o‘rnatilgan xonani (dudburon) tutun yo‘lini aslo to‘sib qo‘ymang;

        - Tabiiy gazdan foydalanishda  rezina shlang orqali tarmoqga  ulanmang;

         - Gaz plitasidan xonani isitish uchun yoqib foydalanmang;

         - Gaz anjomlarini yoniq holatda qarovsiz qoldirmang;

         -Voyaga yetmagan farzandlaringazni gazdan foydalanishga yo‘l qo‘ymang;

        - Xonalarni isitish maqsadida qo‘lda tayyorlangan (qo‘l bola) nostandard  gaz pechlaridan va gaz so‘ruvchi (nasos, motorchik va motorlardan) foydalanmang!

 

         Siz yuqoridagilarga rioya qilsangiz Is gazidan zaharlanishning  oldini olgan bo‘lasiz hamda xonadoningizni, oilangizni va mol molmulkingizgi saqlagan bo‘lasiz.

 

“Bulung‘urtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM