Samarqand viloyati 4-sektor rahbari Alovuddin Inog‘omov Bulung‘ur tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Alovuddin Inog‘omov boshchiligida Bulung‘ur tumani Istiqolol mahallasida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida boshqarma boshlig‘i bilan bir qatorda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Dilshod Habibullayev,  tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Abduvali Otamurodov hamda tuman DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari Sherzod Eshmurodov tomonidan ham aholi va tadbirkorlarning murojaat hamda takliflari qabul qilindi. Bildirilgan barcha murojaatlar shu joyning o‘zida murojaatchi va mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, zaruriy vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, qabul davomida tumanning 4-sektori hududida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ga ro‘yxatga olingan 21 nafar xotin-qizlarga pishiriq pechi va tikuv mashinalari tarqatildi. Bundan tashqari, mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan besh bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turidan tumanda birinchilikni qo‘lga kiritigan Beshkuvi mahallasi yoshlariga viloyat 4-sektor rabari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM