Hafta davomidagi dolzarb masalalar belgilab olindi

Bulung‘ur tumani 1-sektor shtabida navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Samandar Astonov rahbarligida o‘tgan muhokamada hokim o‘rinbosarlari va hokimlik mas’ullari, tashkilot hamda muassasalarning rahbarlari, sektor ishchi guruhi a’zolari ishtirok etishdi.

 

Muhokama kun tartibida soliq va kredit qarzdorliklarining undirilishi, “Toza hudud” DUK tomonidan aholi hamda jismoniy shaxslarga shartnoma asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar va buning uchun to‘lovlarning undirilishi ahvoli, energotejamkor uskunalarning joriy etilishi, ijro intizomi, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida e’lon qilingan “dolzarb 40 kunlik”da amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli va kelgusi vazifalar, mahallalar, shuningdek umumta’lim maktablarida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oziq-ovqat zaxirasining yaratilishi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM