Til shunchaki muomila vositasi emas...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2020-yil 10-apreldagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi 615-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan “21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” etib belgilandi. Mana ikki yildirki, O‘zbek tili bayrami kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.

Xususan, Bulung‘ur tumani Madaniyat uyida sana munosabati bilan “Qadring baland bo`lsin, ona  tilim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga tumanda davlat tilining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faollar, ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari, madaniyat, ijod ahli vakillari, ijodkor yoshlar taklif etildi.

Davlat madhiyasining ijro etilishi bilan boshlangan bayram tadbiri davomida so‘zga chiqqan tuman hokimi Samandar Astonov sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizga o‘z bayram tabrigini yo‘llar ekan, o‘zbek tilining Davlat tili sifatidagi maqomini oshirish borasida Bulung‘ur tumanida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, sana munosabati bilan bir guruh ona tili va adabiyoti fani o`qituvchilari, bayram arafasida o`tkazilgan insholar tanlovi hamda “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi g‘oliblari hamda tumanda o‘zbek tilining rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faollar tuman hokimligining tashakkuronoma, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lshangan bayram tadbiri tumanning betakrorligi va ota tilimiz maftunkorligini madh etuvchi sherlar, tuman hokimligi Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM