G‘ALLA RIZQ-RO‘ZIMIZ

Хalq deputatlari Bulung‘ur tuman kengashi Kotibiyati tashabbusi bilan tuman Kengashi deputatlari tumanimizdagi g‘alla ekish jarayonlari bilan tanishdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashning yetmishinchi sessiyasida Bulung‘ur tuman hokimning qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari A.Rizayevning hisoboti eshitilgan edi. Ushbu sessiyaning qarori bilan mas’ullarga g‘alla ekish jarayonlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Sessiya qarori ijrosini ta’minlanganligi o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tumandagi A.Maxsumov va Bekshuvi agrofirmalari hududidagi g‘alla ekish jarayonlari bilan tanishdi.

Deputatlar tomonidan o‘rganish jarayonlarida ma’lum bo‘ldiki, joriy yilda tumandagi fermer xo‘jaliklari g‘alla urug‘ning “Yaksart”, “Jasmina”, “Farboma” navlaridan ekishmoqda. Tuman bo‘yicha 784 ta fermer xo‘jaliklari jami 6290 gektar  maydonga g‘alla yetishtirish bo‘yicha tegishli tartibda g‘allachilik klasteri bilan shartnomalar imzolagan. Hozirgi kunga qadar ekish ishlari 5797 gektarga yoki 92 foizga bajarilgan. Ekish ishlarni yakunlash vaqti esa o‘tib bormoqda.

Bugungi kunda eng muhim vazifa bu sifatli donni yerga ertaroq qadash va bu vazifani tabiatning “injiqliklari” boshlangunga qadar yakunlash. O‘rganilgan agrofma hududdarida dehqonchilik saboqlaridan xabardor fermerlar g‘alla ekish jarayonlarni sifatli va o‘z vaqtidan kechiktirmay ekib kelmoqda. Lekin afsuski bu muhim vazifani bajarishga donni yerga qadash ishlarni ortga cho‘zib kelayotgan fermerlar ham bor. O‘rganish jarayonida yuqoridag holatlar bo‘yicha ham fermerlar bilan mutaxassislar ishtirokida tasirchan targ‘ibot ishlari olib borildi. G‘alla ekish jarayonlarini tez va sifatli yakuniga yetkazish bo‘yicha tuman hokimining soha bo‘yicha o‘rinbosari va qishloq xo‘jaligi bo‘limi ma’sullarga vazifalar qo‘yildi.

 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM