Ular har qancha ehtiromga munosib…

15-oktyabr – “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan Bulung’ur tumanida ijtimoiy ahamiyatga ega turkum loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Jumladan bugun tumandagi shinam bazmgohlardan birida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Samandar Astonov so’zga chiqib, bugun yurtimizda “Inson qadri uchun” g’oyasi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida gender tenglik borasidagi ijobiy o’zgarishlarga to’xtalib o’tdi.

Tadbirda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etib kelyotgan bir qancha faol xotin-qizlar tuman hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari, tadbirga taklif etilgan barcha ayollarga esdalik sovg’alari topshirilib, sana munosabati bilan tabriklandilar.

 

Bayram tadbiri sho’x kuy va qo’shiqlar-u bugunidan mamnun ayollarning raqslariga ulanib ketdi.

 

Ma’lumot uchun, BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi “Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash” to‘g‘risidagi rezolyusiyasiga asosan 15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni deb e’lon qilingan.

 

Bundan qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga e’tibor qaratishga, xususan, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlashga chaqirishni targ’ib qilish maqsad qilingan.

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM