Tuman Kengashi sessiyasida ijro intizomi masalalari muhokama markazida bo‘ldi

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi yetmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Kengash raisi Samandar Astonov raisligida o‘tgan sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador hokim o‘rinbosarlari va tashkilot mas’ullari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Jumladan, sessiya kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimligi ijro nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Suyarovning hisoboti tinglandi.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yil 3-chorak yakuni bilan jami bo‘lib 3447 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, o‘tgan yili 3775 tani tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 328 taga, ya’ni 9 % ga kamaygan.

         Jumladan, 3447 ta murojaatdan 336 tasi virtual qabulxona orqali kelib tushgan, shundan og‘zaki murojaatlar 1317 tani, yozma murojaatlar 2130 tani tashkil qilmoqda. Sayyor qabullarda qabul qilingan shaxslar 346 tani, halq qabulxonasida qabul qilingan shaxslar soni 937 tani tashkil qilgan. 3447 ta msurojatlardan qanoatlantirilganlar 2258 tani, tushuntirish berilgani 758 tani, rad etilgani 41 ta, tekshirish bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilganlari 344 tani va bugungi kunda jarayonda bo‘lganlari 146 tani tashkil etmoqda.

Shuningdek, hisobot davomida tuman hokimining qaysi o‘rinbosari, tumandagi qaysi tashkilot va muassasa tomonidan ijro intizomiga amal qilishda kamchiliklar kuzatilayotganligi to‘g‘riisda batafsil ma’lumot berildi.

Kun tartibidagi masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, fikr-mulohazalar, takliflar tinglangan holda qaror qabul qilindi.

Xususan, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali Bulung‘ur tumaniga yuborilgan topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha kunlik tizimli nazoratni amalga oshirish;

-hujjatlar ijrosi bo‘yicha doimiy monitoring olib borish xamda rahbar huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ijro intizomi holatini ko‘rib chiqish, kamchiliklarga yo‘l ko‘ygan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy choralar kurib borish;

-har oy yakuni bilan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarining ijro holati axboroti, shuningdek, topshiriqlarni to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan takliflar kiritib borish;

-qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yib kelayotgan tuman korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ta’sirchan choralar ko‘rish lozimligi belgilandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM