Kamchiliklar tahlil qilindi, kelgusi vazifalar belgilab olindi

Bulung‘ur tumanidagi Nurli yo‘l mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Samandar Astonov rahbarligida o‘tgan muhokamada hokim o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalaga aloqador tashkilot va muassasa rahbarlari ishtiok etishdi.

 

Muhokama kun tartibida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ahvoli, eksport ko‘rsatkichlarining bajarilishi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketadigan fuqarolarga xarajatlarni qoplash uchun bir martalik beriladigan mikroqarzlar, tumanda energotejamkor vositalarni joriy qilish, mahalliy budjetga tushumlar ahvoli, soliq va kredit qarzdorligini undirish, qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamg‘arilishi bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, “K-savdo” uchun yerlarni auksion savdolariga chiqarish holati kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan kamchiliklarni qisqa fursatlarda bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi. Misol uchun, “Obod qishloq” dasturi doirasida Bulung‘ur tumanida “Chorbog‘” mahallasida elektr, “Chorbog‘” va “Bog‘bon” mahallalarida ichki yo‘llar borasidagi kamiliklarni hafta yakuniga qadar bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM