Bulung‘urlik yosh polvonlar kuch sinashdi

Bulung‘ur tumanida sportning kurash turidan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori kubogi” uchun sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Tumandagi bolalar-o‘smirlar sport maktabi filialida o‘tkazilgan bellashuvlarda 2007-2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘zaro kuch sinashdilar.

Tadbirni tuman hokimi Samandar Astonov kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi. Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarni sektor rahbarlari, tuman DXX, tuman hokimligi sport bo‘limi mas’ullari, yoshlar va ota-onalar katta qiziqish bilan kuzatib borishdi.

Bahslar so‘ngida yig‘ilganlarga yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Bellashuvlar so’ngida g‘olib va sovrindorlarga sektor rahbarlari tomonidan diplom hamda medallar, qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bellashuvlar natijasiga ko’ra, g’oliblikni qo’lga kiritgan umidli polvonlar bahslarning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritishdi.  

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM