Oila – muqaddas qo’rg’on! Uni asrash uchun barcha mas’ul!

Xotin-qizlar masalasida amalga oshirilayotgan islohotlarda natijadorlikka erishishda o‘zaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan. mahallalardagi xotin-qizlar faollari malakasini oshirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminarda Jomboy tumanlararo sudining raisi J.Fayzullayev hamda tuman FHDYO bo’limi boshlig‘i M.Murtazayevalar ishtirok etishdi.

 

Sud raisi o‘z ma’ruzasida “Oila institutini mastahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda mutasaddi vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Qo‘shma qaror ijrosi, shuningdek, xususiy ajrimlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Ma’lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudi tomonidan o‘tgan 2022 yilning 1-yarmi davomida nikohdan ajratish bilan bog‘liq jami 375 ta ish ko‘rib chiqilgan bo‘lib, shundan nikohdan ajratilgan, ya’ni da’vo qanoatlantirilgan ishlar soni 190 tani tashkil qiladi. Bu degani har yarim yilda 190 ta oila ajrashib ketdi degani. Ushbu 190 ta oilaning har birida kamida 2 tadan farzand bo‘lsa, jami 380 ta norasida farzandlar ota yoki ona mehridan judo bo‘lgan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich o‘rtacha hisobda olindi, chunki bir oilada 1 ta yoki 3 ta yoki bo‘lmasa 4 tagacha farzand bo‘lishi mumkin.    

Oilalarning ajralish sabablari tahlil qilinganda, asosan oilaviy kelishmovchilik, moddiy jihatdan qiynalganlik, erning spirtli ichimliklarga ro‘jo‘ qo‘yganligi, er yoki xotinning bir-biriga hiyonat qilganligi, shuningdek, er yoki xotinning chet davlatga ketib qolishi kabi sabablar bilan ajrashish holatlari kuzatilmoqda.

  • Shu sababli oilalalarning mustahkamligini ta’minlashda faqat mahalla emas, balki har birimiz mas’ul bo‘lishimiz kerak, deya ta’kidladi sud raisi J.Fayzullayev.

Uchrashuv so‘ngida Bulung‘ur tuman hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limida sudlar bilan hamkorlik kuchaytirilishi, sud tomonidan yuborilgan xususiy ajrimlarni sudyalarning shaxsan o‘zlari bilan birga muhokama qilib borish amaliyoti joriy etilishiga kelishib olindi.

 

Shuningdek, uchrashuv so‘ngida sud raisi J.Fayzullayev oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM