Tuman hokimi: Bugun yerga ilm bilan yondashish kerak

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonovning joylarda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Xususan, tuman hokimi bugun Mingchinor, Ulug‘bek, Fozil Yo‘ldosh agrofirmalarida bo‘lib, fermer xo‘jaliklari raislari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuv davomida mavjud resurslardan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni, jumladan, tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib sug‘orish, energotejamkor vositalardan foydalanishni keng joriy qilish, yerlarni g‘alla ekishga tayyorlash, urug‘chilikni rivojlantirish va soliq qarzdorliklarini o‘z muddatida to‘lash kabi masalalar muhokama qilindi.

 

  • Bugun yer egasi daromad olishi kerak, boy bo‘lishi kerak. Yerga ilm bilan yondashishi, topgan daromadidan yangidan-yangi loyihalarni hayotga tadbiq etishni o‘ylashi kerak. Daromad olish o‘rniga o‘z “aravasini ham torta olmayotgan” fermerlar bilan bosqichma-bosqich xayrlashib, sohaga ilg‘or kadrlarni jalb etib boramiz, deya ta’kidladi tuman hokimi.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan fermerlar, soha mas’ullarining fikrlari tinglanib, zaruriy vazifalar kelishib olindi.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM