Yuqori natija qayd etgan 14 nafar hokim yordamchisiga vazirlikning tashakkurnomasi topshirildi

Bugun joylarda faoliyat yuritayotgan mas’ullar faoliyati samaradorligini tahlil qilish maqsadida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida reyting tizimi yaratilgan bo‘lib, har chorak yoki yarim yillik yakuni bilan e’lon qilinib boriladi. Bulung‘ur tumani hokimligida o‘tgan navbatdagi muhokamada mahallalardagi hokim yordamchilarining 2-chorak yakuni bo‘yicha reyting natijalari sarhisob qilindi. Unga ko‘ra 8 ta yo‘nalish bo‘yicha ko‘rsatkichlarning sarhisobiga binoan 91 balldan yuqori natijani qayd etgan quyidagi 14 nafar hokim yordamchilari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar:

  1. Gulzor mahallasi hokim yordamchisi Ergashev Alisher Abduvaliyevich (97,47 ball)
  2. Nurli yo‘l mahallasi hokim yordamchisi Bozorov A’zam Qaxxor o‘g‘li (94,72 ball)
  3. Kichik Kildon mahallasi hokim yordamchisi Jalilov Baxromjon Kamolovich (94,71 ball)
  4. Lalmikor mahallasi hokim yordamchisi Mamarajabov Sanjar Nurmat o‘g‘li (94,33 ball)
  5. Bog‘bon mahallasi hokim yordamchisi O‘rolov Saitmurodxo‘ja Saydaxmat o‘g‘li (93,55 ball)
  6. Xo‘jabachcha mahallasi hokim yordamchisi Rajabov Javlon Xolmirzayevich (93,41 ball)
  7. Sarqipchoq mahallasi hokim yordamchisi Nematov Sherzod Raxmonberdiyevich (93,35 ball)
  8. Zarafshon mahallasi hokim yordamchisi Eshbekov Shuxrat Sindarovich (93,28 ball)
  9. Bulung‘ur mahallasi hokim yordamchisi Rustamov Muxtor Isomiddinovich (92,47 ball)
  10.  Istiqlol mahallasi hokim yordamchisi Bazarboyev Shavkat Turdimurotovich (92,18 ball)
  11.  Oqtepa mahallasi hokim yordamchisi Achilov Farrux Mirzakulovich (92,17 ball)
  12.  Beshqo‘ton mahallasi hokim yordamchisi Turdaliyev Farxod Yo‘ldashevich (91,54 ball)
  13.  Nebo‘sa mahallasi hokim yordamchisi Pirmanov Abrorbek Xazratqulovich (91,4 ball)
  14.  Beshquvi mahallasi hokim yordamchisi Begmanov Dilshod Xusanovich (91,19 ball).

Tashakkurnomalar tuman hokimi Samandar Astonov hamda tumanga respublikadan biriktirilgan mas’ullar tomonidan topshirildi.

Shundan so‘ng, hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalarning ahvoli, jumladan: migrantlar bilan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, PQ-20, VMQ-71-sonli Qarorlar ijrosi, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirish kabi masalalar borasidagi ishlarning bugungi ahvoli tahlil qilindi. Mavjud kamchiliklarni tegishli mas’ullar hamkorligida qisqa fursatda bartaraf etish choraldari ko‘rilishi va bir hafta muddatda ma’lumot taqdim qilinishi lozimligi ta’kidlandi.

 

 

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM