Bulung‘urda xotin-qizlar manfaatiga xizmat qiluvchi 3 ta markaz ochildi

Bugun yurtimizda xotin-qizlar bilan ishlash masalasiga har qachongidan ham ko‘proq e’tibor qaratilayotganligi sir emas. Zero, bu borada alohida vakolatli organ Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etilganligi ham fikrimizning tasdig‘i bo‘la oladi.

 

Bugun Bulung‘ur tumanida ochilgan markazlar ham mazkur e’tibor va yaratilayotgan mikoniyatlar natijasidir, deish mumkin. Xususan, tuman hokimligida joylashgan alohida binoda xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tuman bo‘limi qoshida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”, “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi” hamda “Ayollarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazining ijtimoiy moslashuv maslahat xonasi” tashkil etilib, foydalanishga topshirildi.

 

Markazlarning tantanali ochilish tadbirida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda viloyat boshqarmasi mas’ullari, viloyat reablitatsiya qilish va moslashtirish markazi rahbariyati, tuman sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlar vakillari, mahalla faollari, “Oqila ayollar harakati” a’zolari ishtirok etishdi.

 

Ramziy lentalar kesilgach, tadbir ishtirokchilari markazlarning maqsad va vazifalari, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Shu joyning o‘zida oila qurish ostonasida turgan yoshlarga maxsus o‘quv kurslarni, shuningdek, bir guruh xotin-qizlarga “Biznes bilan tanishuv va tadbirkorlik faoliyatni boshlash” to‘g‘risidagi o‘quv kursni tamomlaganligi to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.

 

Ma’lumot uchun, markazlar oilaviy ajrimlarning oldini olish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, shuningdek ayollarni taziyq va zo‘rovonlikka tushib qolishlarining oldini olish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, mazkur vazifani ro‘yobga chiqarishda aloqador tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlanadi.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM