Mavsum oldidan o‘zaro tajribalar almashinildi

Bulung‘ur tumanida galdagi g‘alla mavsumi ham boshlanmoqda. Mavsum avvalida tumanning “Ulug‘bek” agrofirmasi hududidagi fermerlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminar avvalida bir jonliq qurbonlik qilinib, hosildorlik mo‘l-ko‘l, barakali bo‘lishi so‘ralib, duoga qo‘l ochildi.

Seminar davomida qishloq xo‘jaligi texnikalari namoyish qilindi, ulardan samarali foydalanish, ish va hosil unumdorligini oshirish borasida tavsilar berildi. Sohada ko‘p yillik tajribaga ega nuroniy otaxonlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashgan bo‘lsalar, soha mutaxassislari bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda o‘z tavsiyalarini berib o‘tishdi. Urug‘ni to‘g‘ri tanlash, o‘z muddatida yerga qadash, agrotexnik tadbirlarni vaqtida, to‘g‘ri olib borish hosildorlik ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, tadbir bir piyola choy ustida davom etib, sohadagi suhbatlar dasturxon atrofida davom etdi. Sohada ko‘p yillar fidokorona mehnat qilib, ijobiq natijalarga erishib kelayotgan na’munali fermerlar tuman hokimligining esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Ma’lumot uchun, jori yilgi mavsumda tumanda 6290 gektar maydonga urug‘ qadalishi belgilangan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM