Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining an’anaviy avgust konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Bulung‘ur tumanidagi 1-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabgacha ta’lim tizimining an’anaviy avgust konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. “Maktabgacha ta’lim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusida o‘tkazilgan konferensiyada tuman hokimligi, tizimning viloyat hamda tuman rahbariyati vakillari, tumandagi barcha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarlari ishtirok etishdi.

 

Davlatimiz madhiyasining ijro etilishi bilan boshlagan tadbir avvalida tarbiyalanuvchilar tomonidan raqs, teatrlashtirilgan tomoshalar, jajji sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

 

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar maktabgacha ta’lim tizimdagi o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlar, o‘tgan davr mobaynida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritishdi. Xususan, hokim o‘rinbosari Azizbek Buriboev o‘z so‘zida maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan bir qatorda, ta’lim sifatiga ham alohida e’tibor qaratilishi zarurligi, zero, oliy va xalq ta’lim tizimidagi yuqori ko‘rsatkichlar ham maktabgacha ta’lim tizimidagi bugungi islohotlar natijadorligiga bevosita bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Shundan so‘ng tizimda samarali faoliyat olib borgan fidoiylar tadbir tashkilotchilari hamda Talim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bulinmasining tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM