Mas’uliyatsiz soha mas’ullariga intizomiy chora ko‘riladigan bo‘ldi

Bugun bo‘lib o‘tgan navbatdagi hokimlik sohatida Bulung‘ur tumanidagi barcha sektorlar o‘z sektor shtabidan ishtirok etishdi. Xususan, tumanning Nurli yo‘l mahallasida joylashgan 1-sektor shtabida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Samandar Astonov rahbarligida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari, sektor ishchi guruhi a’zolari ishtirok etishib, hafta daomidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Xususan, kun tartibida tumanda qurilatgan ko‘p qavatli uy-joylarning ahvoli, VMQ-71-son, PQ-20-sonli Qarorlar ijrosi, tumanda reklama obyektlarini auksionga chiqarish bo‘yicha reja-topshiriq ijrosi, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash borasidagi ishlar, kam ta’minlangan va ijtimoiy daftardagi oilalarning farzandlarini tegishli jamg‘armalar hisobidan maktab formasi bilan ta’minlanganlik holati, “Obod mahalla” maskanida amalga oshirilayotgan ishlar, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorligini undirilishi, tumanda quyosh fotoelektr stansiyalarini o‘rnatilishi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Kun tartibida ko‘rilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, kelgusi vazifalar belgilab berildi. Xususan, faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga “hayfsan” intizomiy chorasi ko‘rilishi belgilandi.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM