Yakunlangan hafta natijalari tahlil qilinib, boshlanayotgan hafta uchun rejalar belgilab olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi  36-sonli Majlis bayonining 4.1-bandi ijrosi yuzasidan mahallalardagi mas’ullar ishtirokida navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Tumandagi madaniyat uyida o‘tkazilgan muhokamada  sektor rahbarlri, kun tartibiga aloqador hokim o‘rinbosarlari va soha mas’ullari ishtirok etishdi.

 

Muhokama kun tartibida quyidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi:

- Hafta davomida berilgan topshiriqlar ijrosi;

- Mahallalardagi xotin-qizlar tomonidan jinoyatchilik, o‘z joniga qasd va suiqasd qilish, ajrimlar masalasida amalga oshirilayotgan ishlar;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-sonli, PQ-55-sonli qarorlari hamda yarim yillikda hokim yordamchilarining eng muhum samaradorlik ko‘rsatgichlari, iyun oyi yakuni bilan 4 turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini aholi xonadonlariga tarqatilishi;

- Tumanda 2-chorak yakuni bilan budjet tushumi ahvoli;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 485-sonli hamda 71-sonli qarorlari ijrosi to‘g‘risida;

- PQ-52-son, PQ-54-son qarorlari doirasida “2022-yil hosili uchun yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlariga kredit ajratishishi;               

- Mahalla raislari tomonidan hududda olib borilyotgan obodonlashtirish ishlari.

 

Kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar hamda joriy hafta davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim masalalar belgilanib olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM