Mustahkam oilaga yo‘llanma...

Bulung‘ur tuman FXDYO bo‘limida “Mustahkam oilaga yo‘llanma”, “Oila ostonasiga qadam qo‘yishda quyidagilarni bilishingiz lozim...”, mavzularida davra suhbati tashkil etildi.

 

Unda tuman hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiyarova, tuman FXDYO bo‘limi boshlig‘i M.Murtazaeva, tuman tibiyot birlashmasi teri-tanosil kasalliklari  shifokori N.Mamatqulova hamda oila qurish ostonasida turgan yosh juftliklar ishtirok etishdi.

 

Davra suxbati avvalida hokim o‘rinbosari N.Mamadiyarova so‘zga chiqib, qonunchilikka ko‘ra belgilangan nikoh yoshi to‘g‘risida so‘zlab, buni belgilashda hisobga olingan omillar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Davra suhbatida so‘z olgan tuman FXDYO bo‘limi boshlig‘i M.Murtazaeva oilaning huquqiy asoslari va kafolati, nikohni qonuniy qayd etishning ahamiyati, nikoh shartnomasi, nikoh yoshi, oilada erning roli, oilada xotinning roli, oila qurushning muhim shartlari, ota va onaning farzand oldidagi haqqi va mas’uliyati, yaxshi kuyovning xislatlari, yaxshi kelinning xislatlari, oilaviy hayotga putr yetkazadigan holatlar to‘g‘risida tushunchalar berdi.

 

Tibbiyot mutaxassisi N.Mamatqulova tomonidan esa tibbiy ko‘rikdan o‘tishning zaruriyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM