Sessiya ishida qanday masalalar ko‘rib chiqildi?

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining navbatdagi  oltmish uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi majlislar zalida o‘tgan sessiyada tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va muassasa rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Sessiya kun tartibida 7 ta masala ko‘rib chiqildi:

1) Tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida tadbirkorlikni targ‘ib qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va daromadni oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari A.Rizayevning hisoboti.

 2) 2022-yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Bulung‘ur tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Z.Safarovning axboroti.

3) Bulung‘ur tumani xalq ta’limi tizimida, ta’lim sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Z.Aliqulovaning hisoboti.

4) Bulung‘ur tumanida tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash to‘g‘risida.

5) Bulung‘ur tumanida 2022-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturining may oyi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Xabibullayevning hisoboti.

6) Tuman hokimligi ma’muruy binosini O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ma’muriy binosiga ayrboshlash to‘g‘risida.

7) Bulung‘ur tumanda 2023-yil ijtimoiy-iqtisodiy soha obektlarida yangi quriladigan, rekonstruksiya, joriy va mukammal tamirlash ishlari Respublika budjetidan amalga oshirilishi uchun davlat dasturiga kiritiladigan takliflar to‘g‘risida.

Sessi kun tartibida ko‘rilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Sessi ishi tuman hokimligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn ravishda efirga uzatildi: https://fb.watch/d79wqonstu/

 

Bizni ijtimoiy tarmqlarda kuzatib boring, hafta davomida sessida ko‘rilgan masalalar yuzasidan batafsil to‘xtalib, ma’lumotlar berib boramiz.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM