Bulung‘ur tumanida aholiga xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar hajmi qancha?

Davlat xizmatlari markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha:

2022 yil davomida 43 ming 489 ta jismoniy va yuridik shaxslarga 20 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. 

Ko‘rsatilgan davlat xizmatlari quyidagilar:

-31 ta 1,2 MPa bosimdan yuqori bo‘lmagan gaz tarmoqlariga ulanishga texnik shartlarni olish uchun.

-24 ta 20 kVt dan yuqori bo‘lmagan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish uchun.

-38 ta 20 kVt dan yuqori bo‘lgan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish uchun.

-78 ta suv ta’minoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olish uchun.

-13 ta alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasi olish uchun.

-113 ta ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish uchun.

-10 ta o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga ruxsat berish uchun.

-17 ta dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash.

-7 ta O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchlarni jalb qilishga ruxsatnoma olish uchun

- 2813 ta Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish uchun.

- 56 taarxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun.

- 204 taqurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) ob’ektni foydalanishga qabul qilish.

- 2173 ta bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha ariza berish uchun.

- 782 tafuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish uchun.

- 321 tasudlanganlik haqida ma’lumotnoma berish uchun.

- 12 tamanzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish uchun.

- 17 ta jismoniy shaxs soliq to‘lovchining soliq va boshqa qarzi yo‘kligi haqida ma’lumotnoma berish.

- 537 ta STIR ni aniqlash uchun.

- 174 ta Jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish uchun.

- 45 tafuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Shuningdek joriy yilda fuqarolik pasporti, xorijga chiqish pasporti va haydovchilik guvohnomasi davlat xizmatlari markazidan berish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha:

Tumandagi 3 ta tijorat banki filiali va 2 ta bank xizmtlar markazi tomonidan kuniga o‘rtacha 1300-1500 nafardan ortiq fuqarolarga barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda, jumladan plastik karta, terminal, valyuta ayrboshlash, buxgalteriya, turli-xildagi to‘lovlar, ijtimoiy kreditlar, chakana kreditlar, sms bank, mobil bank, internet bank va.x.k xizmatlar ko‘rsatiladi. Shuningdek tumanda 21 ta bankomat aholiga xizmat qilmoqda. 2022 yilda AT “Xalq bank tomonidan 7 ta sayyor kassa kassirlariga terminal berilib, pensionerlarning plastik kartasidagi pullarini joylarda sarsongarchiliklarsiz naqd pul qilib berilmoqda. Joriy yilda tijorat banklari tomonidan qo‘shimcha 12 ta bankomat o‘rnatish rejalashtirilgan.

 

Tibbiyot sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha:

Tibbyot birlashmasida kunlik 500 nafardan ortiq fuqarolarga 18 turdagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. 2022-yil 3 oy davomida jami 52 nafar birlamchi nogironlik aniqlanib, 43 nafari tug‘ma, 6 nafari orttirilgan nogironlik belgilangan hamda 63 nafar bola reabilitatsiya (sog‘lomlashtirilgan) qilindi.

Ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan jami 24 nafar fuqarolarning sog‘ligini tiklash uchun deputatlarga ajratilgan mablag‘lardan 18 nafari bepul tibbiy jarroxlik amaliyoti o‘tkazildi, 6 nafari joriy yilning ikkinchi choragiga belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 16-martda tibbiyot xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasida 5 ta (Chorbog‘, Beshkuvi, Oqtosh, Nebo‘sa va Xo‘jamazgil) mahallaga barcha shart sharoitlari yaratilgan tibbiy kontenerlar o‘rnatilib, to‘liq faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM