Tuman MIBda 714 ta holatda 19 mlrd. so‘mdan ortiq muammoli kreditlar bilan bog‘liq ijro ishlari bor

Yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik uchun kredit mablag‘larining ajratilishi, muammoli kreditlarni so‘ndirish, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish: Bulung‘ur tumani hokimligida o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida yuqoridagi masalalar borasida tahliliy natijalar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirok etgan muokama jarayonlarida ma’lum qilinganidek, bugungi kunda tuman MIBda 19 mlrd. so‘mdan ortiq miqdordagi muammoli kredit mablag‘larini undirish borasida 714 ta ijro ishi mavjud. Mazkur kredit mablag‘larining undirilishi esa tadbirkorlik qilish istagidagi boshqa talabgarlarga kredit mablag‘larini o‘z vaqtida ajratilishiga va o‘z navbatida yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi. Muhokamada bu boradagi ishlarni rejali asosda, lozim bo‘lsa sektorlar kesimida tashkil etish va sektor rahbarlarining ko‘magiga tayanish mumkinligi ta’kidlandi.

Shuningdek kun tartibida PQ-20-sonli Qaror ijrosini ta’minlash borasida kamchiliklar tahlil qilinib, mas’ullarning hisobotlari tinglandi. Hududlarga mas’ul etib biriktirilganlar mavjud muammoni bartaraf etish uchun muqobil takliflar kiritishlari yoki mavjud muammoni joyida barataraf etish choralarini ko‘rishlari lozimligi ta’kidlandi.

Muhokama davomida k-savdo elektron savdolarga lotlarni chiqarish va savdo jarayonlari, bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish borasidagi zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilinib, mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM