Navbatdagi ochiq muloqotda “Yangi O‘zbekiston” massivi haqida ma’lumot berildi

Bulung‘ur tumani hokimligida “Yangi O‘zbekiston” massivi bunyod etilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosari Alisher Elmuratov hamda kun tartibidagi mavzuga aloqador mas’ullar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-32-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Bulung‘ur tumani “G‘ubdin” massivida 23,9 ga yer maydonida ijtimoiy soha, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari bilan bir qatorda 59 ta5 qavatli 20 xonadonli turar-joy binolari qurish loyihalari ishlab chiqilgan.

Loyiha doirasida tumandagi G‘o‘bdin massiviga 18.35 mlrd. (2022 yil) so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Qiymati 36.1 mlrd. so‘m bo‘lgan jami 4 ta ijtimoiy soha ob’ektlari, shundan 2 ta maktab, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Yer uchastkalari auksion savdolarida 25 ta lot sotildi. Jami 18 ta ob’ektga qiymati 17 mld.so‘mlik loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. Elektr tarmoqlari (farmon bo‘yicha) Bulung‘ur tumani 4,614 km 2 mlrd.so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Bulung‘ur tumani “G‘ubdin” massivida qurish loyihasi asosida 3 yilda 1-2-3-navbatlarda qurilishlar belgilangan. Bosh rejaga asosan 2022 yilda 18 ta 5 qavatli (1 qavati savdo xizmat ko‘rsatish binosi bilan birga jami 348 xonadon) turar-joy binosi rejalashtirilgan bo‘lib, uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlik sub’ektlariga elektron onlayn-auksion savdosi orqali ijara huquqi asosida realizatsiya qilingan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM