Murojaatlar ijro holati tahlil qilindi

Bulung‘ur tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi muhokamada topshiriqlar va murojaatlar ijro holati tahlil qilindi. Tuman hokimi Samandar Astonov rahbarligida o‘tkazilgan muhokamada hokim o‘rinbosarlari, maslahatchilari, bo‘lim boshliqlari, bosh va yetakchi mutaxassislar ishtirok etishdi.

Ma’lum qilinganidek, bugungi kunga qadar Ijro.gov.uz tizimi orqali jami 122 ta topshiriqlar kelib tushgan bo‘lib, mazkur topshirqilarning ijrosi belgilangan muddatlarda ta’minlangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining virtual qabulxonasi va joylardagi xalq qabulxonalari orqali jismoniy va yuridik shaxslarning 180 ta murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, shundan 10 tasi hali ko‘rib chiqish jarayonida. Qolgan 170 ta murojaat ijrosi yuzasidan ma’lumot taqdim etilgan bo‘lib, 112 ta murojaat ijobiy qanoatlantirilgan, 50 tasiga huquqiy tushuncha berilgan va 2 ta murojaat rad etilgan yoki ma’lumot uchun qabul qilingan. Qolgan 6 ta holatda murojaat ijrosi yuzasidan berilgan javoblar ko‘rib chiqish jarayonida uruibdi. Munda ham muddati buzilgan holatlar mavjud emas.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar, joylarda o‘tkazilgan uchrashuv va sayyor qabullar davomida jami 587 ta murojaat ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 24 tasining muddati o‘tib ketgan bo‘lsada, ijrosi ta’minlanmagan. Muhokama davomida ijro muddati buzilgan mazkur 24 ta murojaat yuzasidan har bir mas’uldan izoh so‘raldi.

Shuningdek, tuman hokimi murojaatlarning mazmunidan kelib chiqqan holda, sohalardagi kamchilik va muammolarni izchil tahlil qilib borish, bundan tashqari, joylarda tashkilot va muassasalarning ham sayyor qabullarini tashkil etilishini doimiy yo‘lga qo‘yish lozimligini ta’kidladi.

Muhokamalar davomida tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan telegram guruh orqali bildirilayotgan murojaat va takliflar ham e’tibordan chetda qolmasligini doimiy nazorat qilib borilishi zarurligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

2015-2022 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM