Iqtisodiy kompleksda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi oshiriladi

Bulung’ur tumani hokimligida iqtisodiy kompleksga qarashli tashkilotlar rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga bag‘ishlangan seminar-yig’ilish bo’lib o’tdi. 

Unda viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi, tuman DXX, prokuratura mas’ul xodimlari, tumandagi iqtisodiy sohaga aloqador barcha tashkilot mas’ullari ishtirok etishdi.

Seminar ishtirokchilari davlatimiz rahbarining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-sonli Qarori mazmun-mohiyati bilan tanishtirilib, iqtisodiy sohada mazkur Qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari so’z olib, yig’ilganlarga ushbu illatning huquqiy oqibatlari yuzasidan ma’lumot berib o’tishdi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM