Bulung'ur tumani prokurori kubogi uchun sporting kurash turidan bellashuvlar tashil etildi

Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb qilish, tumanda kurash sport turini yanada ommalashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, yoshlar o'rtasida do'stlik aloqalarini mustahkamlash hamda Kurash bo'yicha tuman terma jamoasi tarkibiga iqtidorli sportchilarni saralab olish maqsadda sporting kurash turidan Bulung'ur tumani prokurori kubogi uchun bellashuvlar tashil etildi.

Tumandagi bolalar-o'smirlar sport maktabi filialida o'tkazilgan musobaqada 2007-2008 yillarda tug'ilgan yosh o'smirlar 38, 42, 46, 50, 55, 60, 65, +65 kg vazn toifalarida kuch sinashdilar.

Tadbirning ochilish marosimida so'zga chiqqanlar sport, xususan kurash sport turining ahamiyati xususida to'xtalib o'tdilar. Davlatimiz madhiyasining ijro etilishi bilan boshlangan tadbir avvalida tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari tomonidan ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Qizg'in va murosasiz kechgan bahslar sektor rahbarlari, Samarqand viloyati kurash federatsiyasi rahbariyati va ota-onalar tomonidan kuzatib borildi.

Musobaqa tuman sportni rivojlantirish bo'limi hamda Bolalar-o'smirlar sport maktabi tomonidan tasdiqlangan tajiribali hakamlar hay'ati tomonidan boshqarlib, baholanib borildi.

Bellashuvlar so'ngida o'z vazn toifasida 1-, 2-, 3-o'rinlarni egallagan yosh sportchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM