Ilmni trendga olib chiqish uchun nimalar qilish kerak?

Joriy yilning o‘tgan qisqa davri mobaynida davlatimiz rahbari boshchiligida ta’lim tizimini isloh qilish yuzasidan ikki bor videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Shuning o‘ziyoq sohaning rivoji nechog‘liq muhim ekanligidan darak berib turibdi.

 

Joriy yil 5-aprel kuni o‘tkazilgan “Xalq ta’limi sohasidagi islohotlar natijadorligining tahlili yuzasidan videoselektor yig‘ilishi”da berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Bulung‘ur tumanida ham qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, abiturientlar tayyorlashga va qo‘shimcha dars mashg‘ulotlari o‘tishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv ham fikrimizga misol bo‘la oladi.

Tuman hokimi Samandar Astonov va soha mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga qiziqishini oshirish, bunda o‘qituvchi va ota-onalarning o‘rni, shuningdek, ilmni yanada rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan mavzu yuzasidan qator takliflar bildirildi. Ilg‘or takliflar inobatga olinib, kelgusida soha mas’ullari tomonidan ularni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilishi belgilandi.

Uchrashuv daomida “Hokim stipendiyasi” Nizomi ishlab chiqilib, hozirda saralash ishlari amalga oshirilayoganligi, o‘quv yili so‘ngida 5- va 9-sinf bitiruvchilari o‘rtasida “Hokim kubogi” ilmiy bellashuvlari o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM