Istiqlol mahallasida aholi va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bulung‘ur tumani Istiqolol mahallasida “Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda 1-sektor rahbari, tuman hokimi Samandar Astonov, tuman DXX mas’ullari, mahalla mas’ullari, mahalla yoshlari va fuqarolari ishtirok etishdi.

 

Uchrashuv davomida Lapasov Navro‘zbek tomonidan bildirilgan murojaatga muvofiq, agentlik rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-dekabrdagi “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 765-sonli Qarori asosida 14 foizdan, 3 yil imtiyozli davr bilan, jami 7 yilga bank krediti ajratish masalasida yordam ko‘rsatishi belgilandi. Shuningdek, Safarov Begzodning murojaatiga binoan mahalla aholisi optik tolali internet tarmog‘iga ulanadigan bo‘ldi. Bo‘riboev Sherzodning savdo uchun imtiyozli bank krediti olish borasidagi murojaatiga ko‘ra, aylanma mablag‘ uchun imtiyozli bank krediti ajratilmasligi, biroz yuqori foizda kredit olishiga to‘g‘ri kelishi tushuntirildi.

Uchrashuv davomida mahalla fuqarolarining ham murojaatlari tinglandi. Jumladan, mahalliy tadbirkor Shermatov Dilshod o‘ziga tegishli xususiy korxonasi hisob raqamidan bank xodimlari tomonidan uning ruxsati va xabarisiz mablag‘ yechib olganligini ta’kidlab, holatni nazoratga olishni so‘radi. Shuningdek, Rasulov Akrom mahallada sartaroshxona ochish uchun 15 mln. so‘m kredit olish maqsadida bankka muroljaat qilgani, biroq murojaati ijobiy hal etilmaganligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida mahalla ichki yo‘llari, suyultirilgan gaz masalalarida murojaatlar bo‘lib, har bir murojaat ijrosi yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM