Sportning mini-futbol turidan DXX kubogi uchun tuman bosqichi g‘olibi aniqlandi

Xabaringiz bor, yurtimiz bo‘ylab sportning futbol va mini-futbol turlari byo‘icha DXX kubogi musobaqalari o‘tkazilmoqda. Xususan, aprel-may oylarida mini-futbol turidan bellashuvlarning 1 tur, ya’ni tuman saralash bahslari bo‘lib o‘tdi.

16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarning mahalla, sektor saralash bahslari ham qizg‘in, murosasiz kechdi. Har bir o‘yindan so‘ng kuchlilar saralanib bordi va har bir sektordan 2 tadan, jami 8 ta jamoa bellashuvlarning tuman bosqchiida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Joriy yil 24 aprel kuni bahslarning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Amir Temur mahallasida o‘tkazilgan bahslarda 1-sektordan Erganakli, Bulung‘ur, 2-sektordan Kildon, Sarqipchoq, 3-sektordan Lalmikor, Kattaqishloq va 4-sektordan Gulobod, Cho‘yantepa mahallalari ishtirok etishdi.

Kutilganidek bahslarning final bosqichi murosasiz kurashlarga, yorqin lahzalarga boy bo‘ldi. Barcha xafsizlik choralari ko‘rilgan holda tashkil etilgan bahslarni sektor rahbarlari kuzatib, o‘z sektoridagi mahalla yoshlarini qo‘llab-quvvatlab turishdi.

Qizg‘in davom etgan bahslar yakuniga ko‘ra, keyingi viloyat bosqichida ishtirok etib, tumanimiz sharafini himoya qiladigan jamoa ham aniq bo‘ldi. Xususan, ballashuvlar yakuniga ko‘ra, Kildon mahallasi 3-o‘rinni, Erganakli mahallasi 2-o‘rinni va nihoyaot Bulung‘ur mahallasi yoshlaridan iborat jamoa 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, bahslarning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shu bilan bahslarning mini-futbol turiga yakun yasalib, bugundan sportning futbol turidan bellashuvlarga start berilmoqda.

Hurmatli yoshlar, siz ham bellashuvlarda faol ishtirok etib, o‘z mahallangiz sharafini himoya qiling.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM