Sizning yutug‘ingiz ota-onangizniki, farzandingizning yutug‘i Sizniki!

Bugun 23-umumta’lim maktabida noodatiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligi va tuman xalq ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda tumandagi barcha maktablardan jam bo‘lgan na’munali xulqi va a’lo baholari, yuksak natijalari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lsa arziydigan o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

        

Tadbir joriy yil 5 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda so‘zga chiqqan hokim o‘rinbosari Azizbek Buriboyev, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Zamira Aliqulova keng jamoatchilik nomidan shunday iqtidorli yosh avlodni voyaga yetkazayotgani, ularning ilm olishlari uchun imkoniyat yaratib berib, ma’nan va ruham qo‘llab-quvvatlab kelayotganligi uchun ota-onalarga minnaddorchilik bildirdilar hamda tuman hokimining TASHAKKURNOMAsini topshirdilar.

 

Mazkur loyiha kelgusida ham davom ettirilishi maqsad qilingan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM