Oqtepa mahallasi yoshlari uchun na'munali tadbirlar tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-sonli qarori ijrosini hududlarda ta'minlash maqsadida joriy yilning 25-28 mart kunlari mahallalardagi yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika komissiyasi Samarqand vilyatida bo'lib, yoshlar yetakchilari bilan uchrashgan edi.

Uchrashuv davomida Bulung'ur tumani Oqtepa mahallasi yoshlar yetakchisi Abdullayev Jamshid  mahallada yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish borasida o'zining mahallasida na'munali tadbirlar tashkil qilish takilfi bilan chiqqan edi. Yoshlar yetakchisining mazkur taklifi Komissiya raisi tomonidan ma'qullanib, tadbirlarni tashkil qilish va mahalla yoshlarini rag'batlantirish maqsadida 50 mln. so'm mablag‘ ajratilgan edi.

Uchrashuvda bildirilgan taklifga muvofiq, bugun Oqtepa yoshlari uchun navbatdagi festival tashkil etildi. Festival doirasida sportning mini futbol turidan “Hokim kubogi” uchun, qizlar o'rtasida sportning basketbol turidan “Prokuror kubogi” uchun, sportning stol tennisi turi bo'yicha tuman “Ichki ishlar bo‘limi boshlig'i kubogi” uchun, hamda tuman “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun "Zakovat" intellektual o'yini kabi turkum na'munali tadbirlar tashkil etildi.

Shuningdek, loyiha doirasida mahallalardagi 8 nafar qizlardan iborat qizlar basketbol jamoasi “Yoshlar oromgohi”ga 3 kunlik seminarga yuborildi. Bundan tashqari, kelgusida mahalla yoshlaridan 70 nafari uchun mamlakatimizning Xorazm viloyatiga sayohat uyushtirilishi, mahalla aholisi va yoshlar uchun taniqli san'atkorlar ishtirokida konsert dasturlari tashkil etilishi re’jalashtirilgan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM