Tadbirkorlik rivoji Bulung‘urning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi

Bugun mamlakatimizda import mahsulotlar o‘rnini bosuvchi mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, bu kabi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga bir qancha imtiyozlar berilmoqda.

 

Ushbu oqilona siyosat natijasida Bulung‘ur tumanida ham bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tumanda faoliyat boshlashi kutilayotgan “Jizzax kontex” MChJda fikrimizga misol bo‘la oladi.

Loyiha maqsadi kalava-ip mahsulotidan tayyor trikotaj mahsulotlarigacha bo‘lgan kompleks barpo qilish bo‘lib, loyiha qiymati 50 mln. yevroni tashkil qiladi. Loyiha ishga tushgach, yillik 30 ming tonna tayyor to‘qima mato, tikuv trikotaj mahsulotlari ishlab chiqilishi kutilmoqda. 2024-yilda to‘liq quvvatda ishga tushishi rejalashtirilgan loyiha natijasida 1500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, yiliga 175 mln. AQSh dollari qiymatiga teng mahsulotlar xorijga eksport qilinadi.

 

Tuman hokimi Samandar Astonov MChJda bo‘lib, olib borilayotgan qurish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlar bilan suhbatda bo‘lib, muammo va takliflarini tingladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM