Bulung‘ur tumani hokimligida tayinlov amalga oshirildi

Tuman hokimining farmoyishiga ko‘ra Jalilov Odiljon Muxiddinovich 2022-yil 13-yanvardan Bulung‘ur tumani hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi bosh mutaxassisi vazifasiga tayinlandi.

 

O.Jalilov 1983-yilda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.

O.Jalilov bir necha yillar ichki ishlar tizimida, shuningdek, Bulung‘ur tuman Bandlikka ko‘maklashish markazida, Bulung‘ur tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limida huquqshunos vazifasida faoliyat yuritgan. Oilali, 3 nafar farzandi bor.

 

Tuman hokimligi jamoasi Odiljon Jalilovning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM