Yoshlarga kasb-hunar o‘rganganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi

2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturida O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotiga yoshlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan edi.

 

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni kasbga tayyorlashning 2-bosqichida texnik xizmat ko‘rsatish kasblari, ya’ni vulkanizatorchi, akkumuluyatorchi, elektropayvandchi, avtochilangar va avtoelektrik kasblariga o‘qitish bo‘yicha “Vatanparvar” tashkiloti Bulung‘ur tuman o‘quv sport texnika klubida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, qo‘shni tumanlardan ham yoshlar kelib, tahsil olishmoqda. Xususan, Bugunga qadar Bulung‘ur tuman o‘quv sport texnika klubida Bulung‘ur, Oqdaryo, Payariq va Ishtixon tumanlaridan 50 nafar yoshlar gaz-elektr payvandchi va avtoelektrik kasblari bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishdi.

Joriy yil 15 oktabr kuni texnik xizmat ko‘rsatish kasblariga o‘qigan yoshlarga sertifikatlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlat madhiyasining ijro etilishi bilan boshlangan tadbirda so‘zga chiqqan yoshlarni kasbga tayyorlash bo‘yicha yaratilayotgan sharoitlar va ochilayotgan imkoniyatlar, bu borada hokimlik va o‘quv sport texnika klubi o‘rtasida o‘rnatilgan ijtimoiy hamkorlik yoshlar bandligini ta’minlashda muhim ekanligini ta’kidladi.

Tadbir so‘ngida bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi. Shundan so‘ng “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi raisi Bekzod Raximov tashkilotda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, tashkilot faoliyati tajribasini boshqa tumanlarda ham amaliyotga tadbiq etish lozimligini bildirdi.

Ta’kidlash kerakki, “Vatanparvar” tashkiloti Bulung‘ur tuman o‘quv sport texnika klubida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, mashg‘ulotlar amaliy tarzda o‘tkzilishi uchun 39 mln. so‘mlik asbob-uskunalar keltirilib, o‘rnatildi. Mazkur o‘quv kurslarining ijtimoiy ahamiyatga molik jihati shundaki, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan yoshlar uchun o‘qish xarajatlarining 75 foizi mahalliy hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi. Bundan tashqari, istalgan fuqarolar mazkur qisqa muddatli kurslarga yozilib, kasb-hunar o‘rganishlari mumkin. 1,5 oydan 3 oygacha davom etadigan kurslar yakunida bitiruvchilarga xalqaro standartlarga mos sertifikatlar beriladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM