«Tomorqa xizmati» MChJ ochish istagidagi fuqarolar va hozirda mavjud «Tomorqa xizmati» MChJlar diqqatiga!

Agar sizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish niyati bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son Qarorining 13-bandida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalaning!

Bulung‘ur tuman fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashiga a’zo bo‘lsangiz sizga PQ-3680-son Qarorining 13-bandida aytilganidek quyidagicha imkoniyatlar va soliq chegirmalari beriladi:

- Jamg‘arma barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;

- «Tomorqa xizmati» MChJlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab mazkur qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 3 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan;

- O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun jihozlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi hamda qishloq xo‘jaligi transport vositalari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlardan tashqari);

- «Tomorqa xizmati» MChJ yoki fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan kasanachilik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egalari — jismoniy shaxslar ularning kasanachilik faoliyati doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan ozod qilinadi.

 

Murojaat hamda qo’shimcha ma’lumotlar uchun telefon: 91 552 22 11 (Asliddin Po‘latov)

2015-2021 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM