Qarzdor ota 189 mln. so‘m  aliment to‘ladi

Fuqarolik ishlari Jomboy tumanlaro sudining 2021 yil 25 iyundagi qaroriga asosan qarzdor Sh.J.dan undiruvchi Sh.J.ning foydasiga ikki nafar farzandlarining ta’minoti uchun uchdan ikki bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan  ijro ishi yuritilgan.

 

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

 Qarzdor Sh.J. bilan ham atroflicha suhbat va tushuntirish ishlari o‘tkazilib, bugungi sinov kunlarida farzandini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani yotig‘i bilan tushuntirildi.

Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlari ta’minotini o‘ylab, ular voyaga yetguniga qadar bo‘lgan hisob-kitob qilib, 189 mln. 527 ming so‘m pulni to‘lab berdi.

Mazkur sud hujjati undiruvchining arizasiga asosan Qonunning 40-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

Baxtiyor UMAROV,

Majburiy ijro byurosi Bulung‘ur tuman bo‘limi davlat ijrochisi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM