Bugun Bulung‘ur tumani tashkil topgan kun!

Bulung‘ur - Samarqand viloyatidagi shahar bo‘lib, Samarkand shaxrigacha 31 km. Bulung‘urni katta O‘zbekiston trakti kesib o‘tadi. Dengiz sathidan balandligi 736 m.

Bulung‘ur tumani  -  Samarqand   viloyatida  1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Bulung‘ur tumani shimolda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani, sharqda Baxmal tumani, g‘arbda Samarqand viloyatining Jomboy tumani, janubiy-g‘arbda Tayloq tumani, janubda Urgut tumani va janubiy-sharkda Tojikiston bilan chegaradosh, Maydoni 0.76 ming km,  axolisi  191 ming kishi.  Bulung‘ur   tumanida  55 ta mahalla, 143 ta aholi punktlari  mavjud. Markazi - Bulungur shahri.

Tabiati. Bulung‘ur tumani Turkiston tizmasining janubiy-g‘arbidagi tog‘ oralig‘i botig‘ida joylashgai. Yer yuzasi tekislik, tuman sharqida G‘o‘bdintog‘ bor. Yer usti tuzilishi tog‘ oldi tekisliklari, adirlar, past tog‘lardan iborat bo‘lib, mutlaq bal. 800-1000 m. Iqlimi kontinental, quruq iqlim. Yanvarning o‘rtacha harorati - 0.3° , iyulniki 25.5". Yiliga 377-467 mm yog‘in tushadi. Vegetatsiya davri 210-230 kun. Adirlarda Adhambulok, Karabkibuloq, Murzabuloq kabi buloqlar bor. Tuman hududidan Bulung‘ur, Yangibesh, Qoraariq, Qorasuv, Polvonarik. Tuyatortar, Oqtepa, Oqariq qabi arik va kanallar o‘tadi. Qumlok va bo‘z tuproklar tarkalgan. Shuvok, efemeroidlar o‘sadi. To‘qayzorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, quyon, bo‘rsiq, parrandalardan tustovuq, kaklik. bedana yashaydi.

 

Alijon SHOKIROV,

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM