18 nafar bulung’urlik qizlar imtiyozli asosda oliygoh talabasi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy taʼlim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori asosida Bulungurlik 205 nafar xotin-qizga tavsiyanoma berilgan edi. Bundan ko’zlangan maqsad ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda tarbiyalanayotgan, bilimli va iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo’lib, ushbu amaliyot o’z samarasini ko’rsatmoqda.

 

O‘tgan yili tumanimizda istiqomat qiluvchi 9 nafar qizlar ushbu imkoniyatdan unumli foydalangandi. Quvonarlisi, joriy yilda ushbu ko‘rsatkich ikki barobar oshdi va tavsiyanomaga ega bo‘lgan bulung’urlik qizlarning 18 nafari 4 foizli qo‘shimcha grant sohibi bo‘ldilar.

 

  • Qizlarimiz Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Samarqand davlat tibbiyot institute, Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institute kabi nufuzli oly ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilindilar. Ular kelgusida oily ma’lumotli yetuk kadrlar bo’lib yetishishlariga, eng muhimi hayotda o’z o’rnini topib ketishlariga ishonamiz, deydi tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi Mahbuba Qurbanova.
2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM