Sudyalar tomonidan mahkumlarga huquqiy tushunchalar berildi

2021 yilning 23 sentabr kuni Bulung‘ur tuman Bulung‘ur maxallasining ma’muriy binosida Samarqand viloyat sudining raisi vazifsini bajaruvchi Sh.Mamadiyarov hamda viloyat ma’muriy sudi raisi T.Fayziev tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Unda fuqarolar va tadbirkorlarning muroajjatlari tinglandi.

 

Sayyor qabulda 12 nafar mahkumlarga jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish haqidagi arizalariga huquqiy tushuntirishlar berib o‘tildi.

 

Shuningdek, sayyor qabulda jinoyat ishlari bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudining raisi G‘.Negmatov va Bulung‘ur tuman IIO PG inspektori K.Yamankulovlarning ishtirokida fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM