Aksiyada faol ishtirok eting!

Kecha xabar berganimizdek, bugun 22-sentabr kuni xalqaro miqyosda "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkazilmoqda.

 

Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va boshqalarni ham shunga targ‘ib qilish maqsadida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Buriboev bugun ishga velosipedda keldi.

 

Bu bizga yetib kelgan dastlabki xabar. Agar sizda ham bu borada biror ma’lumot bo‘lsa, bizga @Bulungur_aloqabot manziliga yuborishingiz mumkin. Bugungi aksiya munosabati bilan ma’lumotlar va unga ilova qilingan fotosuratlar tuman hokimligining rasmiy sahifalarida yoritib boriladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM