Bugun harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionati musobaqalarining ikkinchi kuni. Moskva shaxrida o‘tkazilayotgan bellashuvlarda bulung‘urlik Osiyo chempioni Sitora Turdibekova -57 kg. vaznda rossiyalik bokschi Dariya Abramovaga qarshi ringga ko‘tariladi. Sitoraning ilk bellashuvi A ringda, soat 14:15 da boshlanadi.
Musobaqa jarayonlari AIBAning YouTube ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali soat 14:00 da boshlab onlayn efirga uzatiladi: https://www.youtube.com/watch?v=t7vOnMhErkM
Sportda “O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi” degan gap bor. Moskva shaxrida moskvalik raqibiga qarshi ringga ko‘tarilayotgan yosh sportchimizga g‘alaba yor bo‘lishini tilaymiz!