Bulung‘urda obod manzillar ko‘paymoqda

Yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning ham tub zamirida xalqimizni rozi qilish yotadi. Xususan, so‘nggi yillarda shu maqsadda “Obod mahalla”, “Obod qishloq” Dasturlari hayotga tadbiq etilmoqda. Maqsad, qishloq joylarda ham inosnlar hayotini yaxshilash, zaruriy infratuzilma yartish, bir so‘z bilan aytganda ertani kutib emas, aynan bugunidan rozi bo‘lib yashashlariga zaruriy sharoit yaratishdir.

 

Bulung‘ur tumanida ham joriy yilda “Obod mahalla” Dasturi doirasida Xo‘jamazgil mahallasi Farmontepa qishlog‘i hamda Mingtepa mahallasi Birlik qishlog‘ida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, Dustur doirasida tumanning eng olis, tog‘li hududlariga ham asfalt qoplamali yo‘llar yotqizildi, elektr energiyasi, ichimlik suvi, aloqa ta’minotidagi muammolar ijobiy hal etildi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugun olis qishloqning ham yo‘llari ravon va charog‘on.

 

Shuningdek, Dastur doirasida Farmontepa qishlog‘ida joylashgan 41-umumiy o‘rta talim maktabiga qo‘shimcha 120 o‘rinli zamonaviy bino qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, buning uchun 2 mlrd. 650 mln. so‘m pul mablag‘lari moliyalashtirilgan. Ayni kunlarda qurilish ishlari davom etmoqda.

 

Xuddi shuningdek, tumanning Mingtepa mahallasi Birlik qishlog‘ida ham salomqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugun mahalladagi 32-maktabiga 1.8 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga qo‘shimcha bino qurilib, “Do‘stlik” patronaj punkti 1.2 mlrd so‘m mablag‘ evaziga qayta ta’mirlanayotgan bo’lsa, mahalla binosining qiyofasi tubdan yangilanmoqda. Yo‘l, elektr energiyasi, ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar ijobiy hal etilmoqda, savdo shaxobchalari, 2 ta avtobekatlar tashkil etilmoqda.

 

Xususan, Birlik qishlog‘ida 600 metr piyodalar yo‘lakchasi qurilib, 36 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish belgilangan. Qishloqda 1 ta yangi suv inshooti qurilib, mavjud 2 ta suv inshootida rekonstruksiya qilish va 5,5 km.ga suv tarmoqlarini tortish kabi qiymati 900.0 mln.so‘mlik ishlar olib borilmoqda.

 

Shuningdek, aholi talablari va o‘rganishlar natijasini inobatga olib, Birlik qishlog‘idagi asosiy ko‘chalardan biri hisoblangan “Karvon” ko‘chasining asfalti holati yaxshi bo‘lganligi sababli hamda jamoat transorti qatnoviga qulaylik yaratish maqsadida, ushbu ko‘cha uchun mo‘ljallangan asfaltni shu qishloqning boshqa ko‘chalariga ishlatish rejalashtirilmoqda va shu maqsadda loyiha hujjatlariga o‘gartirish kiritilmoqda. Buning natijasida esa, qishloqning ichki chang ko‘chalariga ham asfalt yotqizilib, obod manzilga aylanadi.

 

Bir so’z bilan aytganda bugun Bu’ulung’urda obod manzillar ko’paymoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM