Navbatdagi sessiyada qanday masalalar muhokama markazida bo‘ldi?

Bugun bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Bulung‘ur tumani Kengashining o‘ttiz yettinchi sessiyasi kun tartibida ham muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Xususan, dastavval, tasdiqlangan kun tartibiga mavofiq, tumanda ko‘p kvartirali uy-joylardan foydalanish va saqlanish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Jumladan, ma’ruzachining ma’lum qilishicha, Bulung‘ur tumanida 39 ta ko‘p qavatli uy-joylar mavjud bo‘lib, 33 tasi 1991-yilgacha, 6 tasi 2017-2019 yillar qurilgan. Ularda 641 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularda 2500 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Ma’ruzachi o‘tgan yillarda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berar ekan. kelgusi rejalarga ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, tumandagi ko‘p qavatli uylarni 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 2021 yil uchun Dastur shakllantirilgan bo’lib, Dasturga asosan 338.0 mln.so‘m mahalliy budjet mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan.

2 ta uyning tom qismini joriy ta’mirlash,

1 ta uyning kirish yo‘laklarini ta’mirlash,

7 ta uyga 19 dona temir eshik o‘rnatish,

3 ta uyning kanalizatsiya tarmog‘ini ta’mirlash,

10 ta uyning fasad qismini ta’mirlash kabi ishlar bajarilishi lozim.

Ta’kidlash kerakki, mazkur jarayonlarda ishlar boshlab yuborilgan va bugungi kunda davom etmoqda.

Shuningdek, sessiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-sonli Farmonining  ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosarlari N.Sanaqulov, A.Xazratqulov hisoboti, Sektor rahbarlari tomonidan yagona onlayin tizimiga malumotlarni kiritilishi yuzasidan qiliniyotgan ishlar to‘g‘risida, bundan tashqari 2021-yilning 1-yarmida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori v.b I.G.Sattarovning axboroti, “Ayollar daftari”ni 2-bosqichda yuritilishi va ushbu daftarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risida hokim maslahatchisi M.Qurbonovaning, “Temir daftar”ning yuritilishi va ushbu daftarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hokim o‘rinbosari A.Xazratqulovning hisoboti, Mahalliy budjetning 2-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” maxsus hisob raqamlariga   yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Xususan, sessiya qaroriga ko‘ra, mahalliy budjetning 2-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan Temir daftarga 44 mln. so‘m, Ayollar daftariga 44 mln. so‘m, Yoshlar daftariga 44 mln. so‘m jami 132 million so‘m mablag‘ maxsus hisob raqamlariga ko‘chirib beriladigan bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: sessiya kun tartibida ko‘rilgan boshqa masalalar yuzasidan ham mas’ullarning axborotlarida keltirilgan raqamlar to‘g‘risida ma’lumotlarni berib boramiz.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM